Talabalarga Inkubatsiya va akseleatsiya markazi Haqida to'liq
ma'lumot berilmoqda
Joriy yilning 27-oktabr sanasida "Buxgalteriya hisobi va audit" fakulteti hamda “DIGITAL FINANCE” inkubatsiya va akseleratsiya markazi bilan hamkorlikda fakultetda yoshlar oʻrtasida start-up loyihalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, turli start-up tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, start-up bazasi bilan ishlash, start-up loyihalariga maslahat berish, IT vositalaridan foydalanish haqida maʼlumotlar berildi.