Toshkent moliya institutiga Innovatsion rivojlanish
vaziri tashrif buyurdi.
Joriy yilning 23-may kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov
sayyor qabul o'tkazish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif jarayonida dastlab Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati va mas'ul
xodimlari Moliya institutining faoliyati, xususan muassasada tashkil etilgan
"Digital Finance" inkubatsiya va akseleratsiya markazi bilan tanishdi.