Yangiliklar

“20 aprel kuni Artel hamda Moliya instituti o'rtasida imzolangan memorandum haqida maxsus reportaj.

“Artel” va Toshkent moliya instituti oʻrtasida memorandum imzolandi.

20-aprel kuni “Artel electronics” kompaniyasi hamda Toshkent moliya instituti oʻrtasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yo'lga qo'yish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik oliy ta’lim muassasasi va korxona o'rtasida ta'lim, fan sohasida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini rivojlantirish, tomonlarning ehtiyojlarini qondirish, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etishga qaratilgan professional ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, korxonada TMI talabalarining amaliyot va stajirovkalarini tashkil etish va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Bugungi kunda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mutaxassisliklari bo‘yicha samarali faoliyat ko‘rsatishlarida va oliy ta’limda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashda qator muammolarga duch kelmoqdalar. Bu o‘z-o‘zidan fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining qator sohalarda yo’lga qo’yilmaganligi sababli kadrlar iste’molchilari talabiga muvofiq kelmayapti. Ana shu ko‘tarilgan muammolar yechimini hal qilishda ularni bog‘laydigan tizim mexanizmini yaratish Oliy ta’lim muassasalari va korxona-tashkilotlar oldidigi bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan maqsadlarni ta’lim jarayonida ro’yobga chiqarish uchun Toshkent moliya instituti va respublikamizning nufuzli korxonalari sirasiga kiradigan “ARTEL” kompaniyasi bilan memorandumning imzolanishi talabalarning bugungi kunda institutda oladigan nazariy bilimini amalda ishlab chiqarish jarayonining o‘zida qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Memorandum doirasida bundan keyin talabalar amaliyot dars mashg‘ulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniyaning o‘zida, yetakchi mutaxassislar bilan birgalikda o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Institutda ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tash hamda kompaniya uchun zarur bo‘ladigan ilmiy tajriba konstruktorlik ishlarida qatnashish imkoniyati va tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechiladi.
Tags: Business Life IT
Share: