Yangiliklar

INNOWEEK-2022

TMI vakillari “InnoWeek.uz–2022” innovatsion gʻoyalar haftaligida ishtirok etishdi.

2022-yil 17-21-oktabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida “InnoWeek.uz– 2022” innovatsion gʻoyalar haftaligi bo'lib o'tdi.
Mazkur haftalikda eng soʻnggi ilmiy-innovatsion ishlanma va startap loyihalari bilan Respublikamiz olimlari, ilmiy izlanuvchilari va xorijiy davlatlar vakillari ishtirok etishdi.
“InnoWeek.uz–2022” innovatsion gʻoyalar haftaligida Toshkent moliya instituti vakillari ham oʻzlarining ilmiy-innovatsion ishlanma va startap loyihalari bilan faol qatnashdilar.
Tags: Business Life IT
Share: