TMI students won the competition "STUDENTS CUP-2021"!
11 dekabr kuni Toshkent moliya institutida IT-park tomonidan Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda tashkil etilgan STUDENTS CUP-2021 tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning final bosqichiga barcha oliy ta’lim muassasalaridan jami 19 ta jamoa yo‘l oldi. Bu jamoalardan ikkitasi Toshkent moliya instituti talabalari hisoblanadi. Unity Group va Teamwork.uz loyihalari.
Quvonarlisi, final bosqichida “Moliya” fakultetining 2-bosqich talabasi Muhammadyusuf Kurbanov Teamwork.uz jamoasi bilan birgalikda faxrli 2-oʻrinni egalladi!
“STUDENTS CUP-2021” final bosqichida har bir jamoa dolzarb va juda ham qiziq loyihalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir soʻngida gʻolib jamoalar aniqlandi va pul mukofoti bilan taqdirlandilar:
1- Mentor.me 10000$ ;
2- Teamwork.uz – 6000$;
3- Lalu.uz – 4000$.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Talabalar oʻrtasida tadbirkorlik va startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida IT Park tashabbusi bilan Dubai Future Foundation hamkorligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida har yili oʻtkazilib kelinmoqda. Tanlovda universitetlarning har bir inkubatsiya markazidan jami 125 ta loyiha ishtirok etdi: Toshkent shahridan – 46 ta, Qashqadaryo viloyatidan – 16 ta, Samarqand viloyatidan – 5 ta, Jizzax viloyatidan – 27 ta, Xorazm viloyatidan – 10 ta, Sirdaryo viloyatidan – 2 ta, Fargʻona viloyatidan – 19 tadan.