Yangiliklar

TECHNOWAYS-2022

Talabalarimiz "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafonining Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi!

Xabar berganimizdek, 10-11 oktabr kunlari poytaxtimizning INNO texnoparkida iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularning innovatsion loyihalarini qoʻllabquvvatlashga qaratilgan "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni boʻlib oʻtdi. Mazkur marafonda Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari ham oʻzlarining startap loyiha, ishlanma va mahsulotlari bilan ishtirok etishib, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafonida Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan talabalarimiz: Interaktiv oʻyinchoq (Maktabgacha boʻlgan boʻlgan bolalarga interaktiv oʻyinchoq yaratish) - Jabborov Joxongir, Umaraliyev Saidqobil (3- bosqich, Iqtisodiyot fakulteti talabalari); QAQNUS SCHOOL - Shexova Yoqutxon (4-bosqich, Buxgalteriya hisoboti va audit fakulteti talabasi); The Hotel Us - Bekmuratov Azimjon (3-bosqich, Iqtisodiyot fakulteti talabasi).
Tags: Business Life IT
Share: